O‘zbekiston | 11:46 / 06.12.2019
30589
1 daqiqa o‘qiladi
«Qamchiq» dovonida qor yog‘moqda. FVV ogohlantirish bilan chiqdi
Bugun, 6 dekabr kuni, «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishni boshladi. FVV shu munosabat bilan ogohlantirish berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bugun A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi, shamol tezligi sekundiga 5-10 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
«Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e'tibor qaratishingizni so‘raymiz», - deyiladi FVV ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:29 / 01.08.2024
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
07:59 / 15.07.2024
Qamchiq dovonida beton to‘siqqa urilgan yuk mashinasi yonib ketdi
12:46 / 30.06.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
11:43 / 25.06.2024