O‘zbekiston | 18:55 / 06.12.2019
12917
3 daqiqa o‘qiladi

«Scopus award - 2019»: o‘zbek olimlari taqdirlandi

Bugun, 6 dekabr kuni Scopus statistikasi bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Elesvier kompaniyasi tomonidan «Scopus award - 2019» mukofoti bilan taqdirlandi.

Ta'kidlash joizki, Scopus dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma'lumotlar bazasi sanaladi, Elsevier esa Niderlandiyada joylashgan yiliga 500 mingga yaqin turli ilmiy materiallar e'lon qiladigan yetakchi ilmiy tashkilot. Aynan mana shu tashkilot tomonidan asos solingan «Scopus award» jahonning nufuzli mukofoti hisoblanadi.

Mukofot olimlarning sermahsul ijodiy faoliyatlarini rag‘batlantirish, ziyolilar mavqeini ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonlik olimlarga ham taqdim etilgan mazkur mukofotning topshirish marosimida QS (Quacquarelli Symonds), THE (Times Higher Education) xalqaro agentliklari va Elsevier kompaniyasi vakillari, xorijlik ekspertlar, vazirlar, OTM rektorlari ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ilm-fan rivojiga, oliy ta'lim sifatini oshirishga berilayotgan e'tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Ilmiy izlanishlar oliy ta'lim sifatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘nggi 5 yil ichida Scopus bazasidagi xalqaro jurnallarda o‘zbek olimlarining 3 ming 582ta ilmiy maqolasi chop etilgan», deya ma'lumot berdi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.

Uning ta'kidlashicha, QS, THE xalqaro agentliklari bilan milliy oliy ta'lim muassasalarini jahon reytingiga kiritish uchun hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda universitetlar uchun individual rejalar ishlab chiqilgan.

«Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi o‘zbek milliy platformasi Uzbekistan research online platformasi yaratildi. Va mana shu platforma orqali ayni paytda 60ta o‘zbek ilmiy jurnali Scopus talablariga javob beradi», deya ta'kidladi Aziz Abduhakimov.

Asosiy qismda turli yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar aynan shu yo‘nalish bo‘yicha tegishli tashkilot va vazirliklar rahbarlari va Elsevier xalqaro tashkiloti rahbarlari tomonidan taqdim etildi.

Masalan, «Top researcher in medical sciences» («Tibbiyot ilmi yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi izlanuvchi») nominatsiyasi g‘olibi Petr Merzlyakka mukofotni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov topshirdi.

«Scopus Award – 2019» g‘oliblari:

Mavzuga oid