Jahon | 22:32 / 08.12.2019
19351
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Shimoliy Koreya AQShga qarshi borsa, bor-budini yo‘qotadi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShga nisbatan dushmanlik qilmaydi, chunki bunday qilsa, bor-budini yo‘qotishini tushunadi. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida bildirdi.

"Kim Chen In juda aqlli va dushmanona harakatlar amalga oshirsa, ko‘p narsa, umuman bor-budini yo‘qotishi mumkin", deb aytgan Tramp. "Shimoliy Koreyada Kim Chen In rahbarligida aqlbovar qilmas iqtisodiy salohiyat bor, ammo u va'da qilinganidek, yadroviysizlashni amalga oshirishi kerak", deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

7 dekabrda Tramp Pxenyan Vashingtonga qarshi hech qanday dushmanona harakatlar qilmasligi va AQShdagi saylov jarayoniga aralashmasligiga ishonchi komilligini aytgandi. Shuningdek, AQSh yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid