Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung rahbariyatining uch a'zosi ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev
Janubiy Koreyada Samsung Electronics Co kompaniyasi rahbariyatining uch nafar a'zosiga tovlamachilik ishi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, Seul rayoni markaziy sudi hukmiga binoan, Samsung Electronics kompaniyasining moliyaviy vositalar bo‘yicha vitse-prezidenti ikki yilga, Samsung Electronics maqsadli guruhining ikki raisi esa bir yarim yildanga ozodlikdan mahrum qilingan.
Ular o‘tgan yilning mayida, tovlamachilik ayblovi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganidan buyon xodimlarga ichki hujjatlarni yo‘q qilishga buyruq berishda ayblanmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, hukm faqatgina hujjatlarni yo‘q qilish ishi bo‘yicha chiqarilgan. Tovlamachilik ishi bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Prokuraturaning gumon qilishicha, dori vositalari ishlab chiqaruvchi Samsung BioLogics 2015 yilda AQShning Biogen Inc kompaniyasi bilan tashkil etilgan Samsung Bioepis qo‘shma korxonasidagi ulushi qiymatini hisoblash standartlarini o‘zgartirish orqali o‘z narxini 4,5 trillion von (3,78 milliard dollar)ga oshirgan. Buxgalteriya hisobi uslubini o‘zgartirgandan so‘ng Samsung BioLogics katta foydaga kirgan.
Mavzuga oid
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
18:07 / 25.01.2026