O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 3-7 dekabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning Navoiy viloyati va Qozog‘istonning Qizil-O‘rda viloyati o‘rtasidagi uchastkadagi Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tomonidan 2019 yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi va 2020 yilda davlatlararo chegarada bajarilishi rejalashtirilayotgan dala demarkatsiya ishlari miqdori muhokama qilindi.
Muzokaralar an'anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi, deyiladi TIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
14:28 / 02.10.2024
Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
21:17 / 30.09.2024