Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Italiya sammiti o‘tkaziladi
2019 yilning 11 dekabr kuni Rim shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi bosh vazirining diplomatik maslahatchisi, elchi Petro Benassi bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalar muhokama qilindi.
Bo‘lajak O‘zbekiston-Italiya sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi, uning mazmunli qismi va shartnomalar loyihalari batafsil ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Vatikan vakili bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:53 / 19.05.2026