15:50 / 12.12.2019
0
6663

O‘zbekistonlik 17 yoshli og‘ir atletikachi Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning og‘ir vaznli sportchilar o‘rtasida kechayotgan bahslari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ayollar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 100 kg, siltab ko‘tarishda 120 kg va ikki kurash bo‘yicha 220 kilogramm natija qayd etdi. Ta'kidlash joiz, 17 yoshli sportchi bu natija bilan barcha yo‘nalishlarda kumush medalga sazovor bo‘libgina qolmay Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritmoqda.

-109 kg vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 181 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uning siltab ko‘tarishda qayd etgan 219 kg ko‘rsatkichini hech bir ishtirokchi qaytara olmadi. Ikki kurash bo‘yicha jamg‘arilgan 400 kg uning yakunda yana bir kumush medal bilan taqdirlanishiga asos bo‘ldi. Shu tariqa vakilimiz ushbu musobaqada 1 ta oltin va 2 ta kumush medallariga ega chiqdi. 

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi. 
Erkaklar, -109 kg.:
 

1. Jye Yang (Xitoy) – 409 kg (192 kg + 217 kg) 

2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 400 kg (181 kg + 219 kg) 

3. Kisam Jyeong (Janubiy Koreya) – 395 kg (180 kg + 215 kg)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top