Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 100 dan ko‘proq o‘quvchi qiz gazdan zaharlandi
Turkiyaning Usmonjik shahridagi Umar Darindara nomidagi litseyning qizlar yotoqxonasida gaz sizib chiqishi oqibatida 103 nafar o‘quvchi qiz zaharlandi.
Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilishicha, o‘quvchilarning gaz bilan zaharlangani haqida soat 5:40da ma'lum bo‘lgan.
Qizlardan 5 nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Qolgan qizlar ham shifoxonaga yetkazilgan va shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Yotoqxonada gaz sizib chiqishi sababini Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha agentlik (AFAD) xodimlari aniqlashtirishmoqda.
Mahalliy gubernator voqea haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni xabardor qilgan. Davlat rahbari qizlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026