«Lazgi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
«Xorazm Lazgi raqsi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritildi.
Bu haqdagi qaror Kolumbiyaning Bogota shahrida 12 dekabr kuni YuNeSKOning Nomoddiy merosni asrash hukumatlararo qo‘mitasi majlisida qabul qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Tadbirda ishtirok etayotgan respublikaning YuNESKOdagi elchisi U.Shodiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan «Lazgi» nominatsiyasining tantanali taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot chog‘ida boy tarixga va bebaho madaniy merosga ega bo‘lgan davlat sifatida O‘zbekiston YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga o‘zbek xalqi nomoddiy madaniy merosining ko‘plab noyob elementlarini taklif qilishi mumkinligi ta'kidlandi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tomoni kelgusi yillarda ushbu ro‘yxatga kiritish uchun «Baxshichilik» san'ati va etnik sport turlarini ilgari surishi rasman e'lon qilindi.
YuNESKOning Nomoddiy merosni asrash hukumatlararo qo‘mitasi «Lazgi»ning Insoniyat nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilishini ovoz bermasdan, keng konsensus asosida ma'qulladi.
«Lazgi» raqsi bu ro‘yxatga nomzod sifatida 2017 yili O‘zbekistondan Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi tarafidan taqdim qilingan edi.
Shu paytgacha «Boysun madaniy muhiti», «Navro‘z bayrami», «Shashmaqom», «Katta ashula», «Askiya ijrochiligi», «Palov va osh bilan bog‘liq an'ana va qadriyatlar» kabi qadriyatlar YuNeSKO Jahon nomoddiy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
13:48 / 05.12.2024
Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb e’tirof etildi
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
19:25 / 26.09.2024
YuNeSKO O‘zbekistondagi G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimiga xavf solayotgan tahdidlar haqida ogohlantirdi
14:50 / 16.09.2024