Jamiyat | 13:22 / 14.12.2019
16288
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda ikki nafar sinfdosh avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanining «Zarafshon» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.

Postda.uz’ning xabar berishicha, hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez yetib kelishini talab qilishlaridan boshlangan.

X.J. chaqiriqqa e'tibor qilmagan. Sinfdoshlar esa kattalarning gapiga kirmaydigan yigitchani so‘kib, haqorat qila boshlashgan. Achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turar joydan oshxona pichog‘ini olib chiqadi va og‘zi shaloq sinfdoshlardan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining yelkasiga bir marta tig‘ uradi.

Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi ma'lumotda.    

Mavzuga oid