L-410 va ATR-72 mintaqaviy samolyotlarining paydo bölişi bilan Özbekistonda yangi aeroportlar faol rivojlana boşladi. Sönggi yillarda Zomin, Qöqon, Sariosiyo birinçi samolyotlarni qabul qilib oldi, endi ularga yana bir aerodrom - Arnasoy qöşildi, deb xabar berdi AvroRJ’s SKY.
Aerodrom Jizzax viloyatidagi Aydarköl qirğoğida joylaşgan. Uçiş-qöniş yölagi uzunligi 1700 m × 30 m, kurs 12/30, L-410 va ATR-72 samolyotlari uçun möljallangan ikkita töxtab turiş joyi, terminalga ega.
Birinçi bölib yangi yölakni CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan ötkazdi - aynan u Arnasoyga qönişlar hisobini oçdi.
Aerodrom kelajakdagi kurort majmuasi uçun transport tuguniga aylanişi, mintaqani sayyohlar uçun oçişi kutilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxning «Aydar-Arnasoy» köllar tizimi qirğoq böyida zamonaviy turizm markazi barpo etilişi haqida xabar berilgan edi.

















