Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 11-13 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim (KShHB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 4-bosqichini o‘tkazdi. O‘zbekiston delegatsiyasi turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat.
TIV xabarida aytilishicha, tadbir davomida mutaxassislar siyosiy, tarmoqqa oid va savdo masalalari bo‘yicha alohida ishchi guruhlarini tuzdilar va KShHB loyihasini batafsil muhokama qildilar.
Munozaralar ishtirokchilarining konstruktiv yondashuvi va oqilona kelishuvi tufayli ushbu hujjatning ko‘plab muhim jihatlari bo‘yicha sezilarli ilgarilash va o‘zaro tushunishga erishildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar kelgusi yilning boshida Toshkent shahrida navbatdagi muzokaralar turini o‘tkazishga kelishib oldilar, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Bryusselda O‘zbekiston va YeI o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
15:01 / 17.09.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari o‘tkaziladi
07:39 / 11.07.2025