Bryussel şahrida Özbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şerikçilik va hamkorlik töğrisidagi bitimning loyihasi böyiça muzokaralar bölib ötadi.
2019 yilning 10 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining örinbosari Dilşod Axatov boşçiligidagi mamlakatning turli vazirlik va idoralari vakillaridan tarkib topgan delegatsiya Bryussel şahriga yetib bordi.
Taşrifning maqsadi 11-13 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şerikçilik va hamkorlik töğrisidagi bitim (KŞHB) loyihasi böyiça muzokaralarning 4-raundini ötkaziş hisoblanadi.
Siyosiy, sektorial va savdo masalalari böyiça Özbekiston-Yevropa işçi guruhlari qator maslahatlaşuvlar, jumladan video-konferensiyalar orqali uçraşuvlar ötkazdi va ularning yakunlariga köra qayd etilgan bitim loyihasining turli jabhalari böyiça anglaşuvga erişiladi.












