Jahon | 15:03 / 14.12.2019
7236
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy ikkita shaharda raqamli valuta joriy etadi

Foto: Foto: Moscow-Live.ru

Xitoy yil oxirigacha yuanga bog‘langan milliy kriptovalutani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda Caijing moliyaviy nashri xabar berdi. 

Agar yuqoridagi ma'lumotlar tasdiqlansa, Xitoy tajribaning bir qismi bo‘lishiga qaramay, davlat kriptovalutasini joriy etgan birinchi mamlakat bo‘ladi.

Caijing ma'lumotlariga ko‘ra, sinov loyihalar ikki shaharda: Shenchjyen va Suchjouda bo‘lib o‘tadi.

Haqiqiy foydani aniqlash bo‘yicha yondashuv qiziqarlidir. «Raqamli yuan», rasmiy ravishda esa - DCE hamkor banklar bilan birgalikda tarqatiladi. Sinov loyihalarda ular foydalanish uchun eng yaxshi keyslarni taklif qilib, raqobatga kirisha oladi.

MIT Tech Review'ning ta'kidlashicha, AliPay hamda WeChat Pay’da QR-kodlar bo‘yicha mobil to‘lovlar ommabop bo‘lgan Xitoyda «raqamli yuan» shundoq ham yo‘q bo‘lib ketayotgan qog‘oz pullar o‘rnini bosa olmaydi. Ammo, blokcheynda to‘liq va shaffof reyestr fuqarolar va kompaniyalarning tranzaksiyalari to‘g‘risida juda to‘liq ma'lumot beradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid