Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqchil g‘oya va tashabbuslar xalq orasida targ‘ib qilindi - «Adolat SDP»
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida saylovchilar bilan uchrashdi. Unda partiya Siyosiy Kengashi a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda deputatlikka nomzodlar, partiya ekspertlari va faollari ishtirok etdi.

Saylovoldi tashviqot rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran shu shakldagi tadbirlar “Adolat” SDP tomonidan muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida miting, sayl, aksiyalar o‘tkazildi. Ularda partiyaning asosiy g‘oya va maqsadlari xalq e'tiboriga havola etildi.

Mazkur xalqimiz va saylovchilarimiz bilan doimiy gavjum bo‘ladigan “Chorsu” bozorida tashkil etilgan xalq bilan uchrashuvda ham partiya tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar bilan birgalikda saylovchilarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar tinglandi hamda bu muammolar yechimi yuzasidan partiyaning kelgusi besh yillikda amalga oshirishi belgilangan takliflari aytib o‘tildi. Jumladan, bozorlarimizdagi narx-navo barqarorligini ta'minlash, bugungi kunda yurtdoshlarimiz dasturxoni to‘kinligi uchun xizmat qilayotgan tadbirkorlarimizga keng imkoniyat va sharoitlar yaratish, qo‘llanilayotgan soliqlar tizimini yanada soddalashtirish orqali aholimizga tadbirkorlar tomonidan yetkazib berilayotgan tavarlar narxlari asosiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shular jumlasidandir.

Ishonch ila ayta olamizki, har bir nomzodimiz o‘z ovozi va so‘ziga ega. Ular o‘z saylovoldi dasturlarini tuzishda hududdagi dolzarb muammolar va insonlar istaklariga tayanishgan. Albatta, partiya saylovoldi dasturidagi ustuvor g‘oyalar asosida maqsad va rejalar belgilangan.

Targ‘ibot tadbiri ishtirokchilari saylov arafasida “Adolat” SDP tashabbusi bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan g‘oyalarni qo‘llab quvvatladilar.
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:42 / 22.10.2025
«Adolat» partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun qat’iy jazo choralarini taklif qildi
13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
17:38 / 25.10.2024