Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingi e'lon qilindi
Forbes nashri 2019 yil uchun eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingini e'lon qildi.
Reytingning 1-o‘rnini 8 yoshli amerikalik Rayan Kaji egalladi. U yangi o‘yinchoqlar bilan tanishadigan Ryan ToysReview kanali bir yil ichida 26 mln dollar daromad keltirgan. E'tiborlisi, Rayan eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingiga ikkinchi yil yetakchilik qilmoqda.
2-o‘rinni 5 nafar yigit sport tryuklarini bajarishi videolari joylanadigan Dude Perfect kanali egallagan. Forbes 2019 yilda bu kanalning daromadini 20 mln dollarga baholagan.
3-o‘rinni esa 5 yoshli rossiyalik Anastasiya Radzinskaya egalladi. Nastyaning Youtube’dagi kanallari 2019 yilda 18 mln dollar daromad keltirgan. Ayni vaqtda ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgan qizcha 7 tildagi videolari evaziga dunyoda eng tez taraqqiy etayotgan blogerlardan biriga aylandi. U bilan Lego va Danone kabi yirik kompaniyalar hamkorlik qiladi.
Shuningdek, eng serdaromad Youtube-blogerlar o‘ntaligiga Rhett and Link (17,5 mln dollar), Jyeffri Star (17 mln dollar), Preston (14 mln dollar), PewDiePie (13 mln dollar), Markiplier (13 mln dollar), DanTDM (12 mln dollar) va VanossGaming (11,5 mln dollar) kiritilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 24.07.2024
Rossiyalik blogerlarga urushni reklama qilish majburiyati yuklanishi mumkin
15:18 / 17.02.2023
Samarqand sudlarida har biri 13,5 mln so‘mdan jarimaga tortilgan uch bloger Oliy sudda aybsiz deb topildi
20:15 / 23.06.2022
Xitoyda mashhur blogerlarga meditsina va yurisprudensiya haqida fikr yuritish taqiqlandi
12:15 / 03.02.2022