ABA hammuassisi Maksim Perlinning “Kommersant” naşriga sözlab berişiça, assotsiatsiya blogerlarning platformasidagi yillik reklama hajmining 5 foizini ijtimoiy loyihalarga yönaltirişni taklif etmoqda. Bunday taklifini u RF Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy rahbarlik qilayotgan blogosferada qonunçilikni takomillaştiriş böyiça işçi guruh yiğilişida örtaga taşlagan.

Ayni paytda bunday kvota davlat OAVlari uçun amalda. «Inflyuyenserlarga tegişli maydonçalarda ijtimoiy ahamiyatli va xayriya loyihalarini qöllab-quvvatlovçi foydali kontent miqdori oşadi», — deyişgan ABAdagilar naşrga. Assotsiatsiyadagilarning qayd etişiça, blogerlar iqtisodiy faoliyat umumrossiya tasnifida alohida kod olganidan söng taşabbusni Davlat dumasiga olib kiriş mumkin.

NMi Groupʼning raqamli texnologiyalar böyiça direktori Anna Planinaning aytişiça, blogerlarda ijtimoiy reklama “insondan insonga” formatida berilişi sababli samaraliroq işlaydi va bu “abadiy qadriyatlar va ma’naviy ölçovlarni translatsiya qilişda hammadan ham mos keladi”.

Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi (VsIOM) ma’lumotlariga köra, Rossiyaning ijtimoiy reklamasidagi ikkida asosiy syujyet Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” va davlat tomonidan amalga oşirilayotgan ijtimoiy siyosat.

Sörovlarga köra, rossiyaliklarning 68 foizi bunday reklama kerak, degan fikrda. Bunga qarşi fikrni 22 foiz söralganlar bildirgan. Bunday reklamaga zaruriyat borligini ayollarning 71 foizi, 18 yoşdan 34 yoşgaça bölgan yoşlarning 83 foizi, oliy va töliqsiz oliy ma’lumotga ega bölganlarning 76 foizi, internetdan faol foydalanayotgan rossiyaliklarning 75 foizi yoqlagan.

Sörovlarga köra, moddiy holati darajasi qançalik yuqori bölsa, ijtimoiy reklamaga tarafdorlik darajasi ham şu qadar yuqori bölgan. Yaxşi xarid qobiliyatiga ega bölgan rossiyaliklarning 70 foizi ijtimoiy reklamalarni qöllab-quvvatlagan.

2023 yilning oktyabrida bir guruh rossiyalik deputatlar “Reklama töğrisida”gi federal qonunga ijtimoiy reklamalar uluşini yillik hajmga nisbatan 20 foizgaça oşiriş töğrisida özgartiriş kiritiş taklifini ilgari surgan. Hujjatda qayd etilişiça, ijtimoiy reklamaning ta’sirçanligi uning soniga töğridan töğri boğliq.