1 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi huzurida tuzilgan Jamoatçilik kengaşining yangilangan tarkibi a’zolarining yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş avvalida Jamoatçilik kengaşining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

DEKOS kompaniyasi, «M-faktor» loyihasi asosçisi Hasan Mamasaidov Jamoatçilik kengaşning raisi etib saylandi. A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev Jamoatçilik kengaşi kotibi böldi.

Yangi tarkibda iş boşlagan kengaş a’zolari tomonidan ta’limdagi muammolar qizğin muhokama etilgan holda, ularni hal etiş böyiça yangi tizim va «Yöl xarita»sini yaratiş taklifi ilgari surildi.

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov vazirlik huzurida tuzilgan Jamoatçilik kengaşining yangilangan tarkibi maktablarni rivojlantiriş, öqituvçilar mavqeini oşiriş, ta’lim sifatini oşiriş, tizimga innovatsion loyihalarni tadbiq etişda Jamoatçilik vakillarining ahamiyatini qayd etdi.

Jamoatçilik kengaşining yangi tarkibi, doimiy ravişda Mustaqil ekspertlar klubini taşkil qilgan holda tizimda mavjud masalalarni ta’lim sohasiga befarq bölmagan fuqarolarni jalb etgan holda hal etişni taklif etdi.

Jamoatçilik kengaşining yangilangan tarkibidan xususiy sektor vakillari, blogerlar, deputatlar va faol jamoat vakillari örin olgan.