Ma’lum bölişiça, samarqandlik bloger Jamşid Ismatov ijtimoiy tarmoqda pastdarğomlik ayol Navbahor Uluğmurodovaning molxonada yaşab kelayotgani tasvirlangan video tarqatgan. Keyinçalik tasvirga oliş jarayonida yana ikki nafar bloger ham iştirok etgani aniqlanadi.
Videomaterialda ayolning turmuş örtoği vafot etgani, yaşaşga boşpanasi yöqligi sabab bugungi kunda ukasiga tegişli molxonada yaşayotganligi hikoya qilingan.
Biroq Past Darğom tumani hokimligi videodagi iddaolarni rad etib, murojaatçi ayol muammosini örgangan blogerlarni spektakl tayyorlaşda ayblagandi. Viloyat IIB esa ularga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazgan.
Jinoyat işlari böyiça Past Darğom tuman sudining (sudya: A.Haydarov) qarori bilan blogerlar – 1987 yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tuğilgan Nasim Xolov, 1985 yilda Past Darğom tumanida tuğilgan Jamşid Ismatov, 1980 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Sirojiddin Odilov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat), 45-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş), 202-2-moddasining 1-qismi (Yer uçastkasini noqonuniy olib qöyiş) bilan aybdor deb topilib, uşbu kodeksning 34-moddasi tartibida har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari, ya’ni 13 mln 500 ming söm jarima jazosi tayinlangan.
Samarqand viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 30 avgustdagi qarori bilan birinçi instansiya sudining qarori özgarişsiz qoldirilgan.












