Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple sun'iy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq maxfiy loyiha ustida ish boshladi
Apple Inc ma'lumotlar uzatishning yangi usullarini topish uchun sun'iy yo‘ldoshlar va ular bilan bog‘liq simsiz texnologiyalar ustida ish olib boradigan maxfiy jamoasini tuzdi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga aerokosmik, sun'iy yo‘ldosh va antenna sohalariga aloqador o‘nga yaqin injyener jalb etilgan.
Agentlikning qayd etishicha, Apple ma'lumotlarni foydalanuvchilarning qurilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatishni ta'minlamoqchi, bu esa simsiz texnologiyalar yetkazib beruvchi kompaniyalarga bog‘liqlikni kamaytiradi hamda qurilmalarni oddiy aloqa kanallarisiz bir-biriga bog‘lash imkonini beradi. Apple shu bilan birga, o‘z sun'iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.
Xabarda aytilishicha, jamoaga Yerni sun'iy yo‘ldosh orqali suratga olish bilan shug‘ullangan Skybox Imaging kompaniyasida ishlagan, kompaniya 2014 yilda Google kompaniyasiga sotilganidan so‘ng u yerda sun'iy yo‘ldosh va kosmik vazifalarga rahbarlik qilgan Maykl Trela va Jon Fenvik boshchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026