Jahon | 18:12 / 20.12.2019
9099
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat dori lotereya tamoyili asosida bepul taqsimlanadi

Foto: REUTERS

Shveytsariyaning Novartis AG farmatsevtika kompaniyasi bolalardagi spinal mushak atrofiyasini davolashda qo‘llaniladigan dunyodagi eng qimmat Zolgensma dori vositasini bepul taqsimlash dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.

Bu dastur mazkur dori vositasini sotish hozircha ma'qullanmagan davlatlarda amalga oshiriladi. Ayni paytda Zolgensma sotuviga faqat AQShda ruxsat berilgan bo‘lib, bir martalik dorining narxi 2,1 mln dollar turadi.

The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, bu dastur lotereyaga o‘xshab ketadi. Novartis kompaniyasining Zolgensma dori vositasini ishlab chiqaruvchi AveXis sho‘'ba kompaniyasi yiliga 100 dozaga yaqin dori vositasini ajratadi. Mustaqil komissiya ikki haftada bir marta shifokorlar tomonidan berilgan arizalar orasidan qur'a tashlash yo‘li bilan dori kimga berilishini aniqlaydi. Hozirda birgina Yevropada 1,6 mingga yaqin bola o‘ta og‘ir shakldagi spinal mushak atrofiyasidan azob chekmoqda.

Novartis vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya dori vositalarini murakkab o‘lchovlar asosida beradigan bo‘lsa, bu ayrim bemorlarning huquqini poymol etishi mumkinligini aytdi.

"Biz o‘ta og‘ir qaror qabul qilishga majburmiz. Afsuski, bundan boshqa yaxshiroq yechim yo‘q", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid