O‘zbekiston | 22:44 / 20.12.2019
7931
1 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ilova qilingan nizomga ko‘ra, Agentlik iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Iste'molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma'lumotlarni olish imkoniyatini ta'minlash agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid