Qoraqalpog‘istonda qator ichki ishlar xodimlari lavozimidan bo‘shatildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIO xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunchilik, huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmatiga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik R.Hotamov va O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i qatnashdi.
Majlisda IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, xodimlar orasida tartib intizomni mustahkamlashda rahbarlarning ko‘l ostidagi xodimlarini kundalik nazorat qilishi lozimligini xodimlar ustidan idoraviy nazorat o‘rnatilmasa, qayerda tartib-intizom bo‘lmasa o‘sha yerda oldinga siljish, yaxshi natijalarga erishib bo‘lmasligi alohida ta'kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish davomida xizmat faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l quygan 2 nafar xodim ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi.
Shuningdek, 5 nafar xodim egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi, 2 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 9 nafar xodim vazirlikning intizomiy kengashida muhokama qilinib, ularga nisbatan IIO xodimlarining jamoa fikri asosida tegishli qarorlar qabul qilish belgilab quyildi
Majlis yakunida vazir o‘rinbosari respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarini muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024