Rafael Nadal yil tennischisi deb topildi

Foto: Getty Images
Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) ATP Awards 2019 mukofoti g‘oliblarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, ispan tennischisi, mavsumni birinchi raqamli tennischi maqomida yakunlagan Rafael Nadal “yil o‘yinchisi” deb topildi. 33 yoshli Nadal mavsum oxirida ATP yetakchisi bo‘lgan tarixdagi eng yoshi katta tennischi bo‘ldi.
Nadal 2019 yilda “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi 3 ta musobaqa finalida o‘ynagan va ulardan “Rolan Garros” hamda AQSh ochiq chempionatida g‘alaba qozongan. Tennischi Avstraliya ochiq chempionati finalida serbiyalik Novak Jokovichga mag‘lub bo‘lgan.
E'tiborlisi, muxlislar talqiniga ko‘ra “yil o‘yinchisi” sifatida shveysariyalik Rojyer Federer e'tirof etilgan.
Shuningdek, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar ham e'lon qilingan:
Eng yaxshi juftlik: Xuan Sebastyan Kabal va Robert Fara.
Yil qaytishi: Endi Marrey.
Yilning eng taraqqiy etgan o‘yinchisi: Matteo Berrettini.
Yilning eng yaxshi yangi o‘yinchisi: Yannik Sinner.
Sportcha xatti-harakat va halol o‘yin uchun Stefan Edberg mukofoti: Rafael Nadal.
Yil murabbiyi: Jil Servara (Daniil Medvedev murabbiyi).
Yil turnirlari: Doha (ATP 250), Akapulko (ATP 500), Indian-Uells (ATP 1000).
ATP’ning keyingi mavsumi 6 yanvarda Avstraliyaning Brisbenida ATP kubogi va Dohada ATP 250 Qatar Open seriyasiga kiruvchi musobaqa bilan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi
O‘zbekiston | 19:50
-
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxsni afv etdi
O‘zbekiston | 19:46
-
Putin Ukrainada tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi. AQShdagilar javob qaytardi
Jahon | 19:20
-
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
Fan-texnika | 19:00
Mavzuga oid

19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi

09:31 / 05.11.2020
Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi

22:47 / 11.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi

22:38 / 09.10.2020