Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ikki «Damas» to‘qnashuvi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi
Farg‘onalik T.M. Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinani Farg‘ona tumani Mingdonobod qishlog‘i hududida boshqarib borayotib, charchagani bois ko‘zi uyquga ketib qoladi.
Postda.uz’ning yozishicha, natijada avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro E.G. boshqaruvidagi «Damas» mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ladi.
Ikkinchi «Damas» haydovchisi E.G. hodisa joyida vafot etdi. Ikkala avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, haydovchining charchagani noxush hodisaga sabab bo‘lgan. U o‘z vaqtida avtomashinani o‘ngga olib to‘xtatib, biroz muddat hordiq chiqarganida, balki, bu voqea sodir bo‘lmasdi. Shu bois barcha haydovchilardan harakatlanish vaqtida ayni shu jihatga e'tibor qaratishlarini so‘rab qolingan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026