Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Afg‘onistonga tashrif buyurdi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 17-18 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Afg‘onistonning Hayraton va Mozori-Sharif shaharlariga tashrif buyurdi.
Safar doirasida Balx viloyati gubernatori Ishoq Rahguzar, Hayraton shahri hokimi Abdul Rauf Amiri, Balx viloyati bojxona ma'muriyati va «Hayraton» nazorat-o‘tkazish punkti chegara xizmati rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Muzokaralar doirasida Balx viloyati (Afg‘oniston) va Surxondaryo viloyati o‘rtasidagi qo‘shma Ishchi komissiyasining birinchi majlisi chog‘ida noyabr oyi boshida erishilgan kelishuvlarning borishi muhokama qilindi.
Afg‘onistonning yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Balx Savdo-sanoat palatasi raisi Orash Yunusi bilan alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Balx viloyati ma'muriyati va shimoliy viloyatlar ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar davomida afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlardagi faol ishtiroki, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi, shuningdek, afg‘on milliy kadrlarini tayyorlashda ko‘maklashish masalalariga e'tibor uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etildi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, chegaraoldi savdosini rivojlantirish, shuningdek, mavjud to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini muhokama qildilar.
Balx SSP rahbariyati va Afg‘oniston kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlar turlarini kengaytirish yo‘llari va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga investitsiya jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
10:15
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026