Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha sovuq antitsiklon saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kunning ikkinchi yarmida tog‘ning alohida tumanlarida qisqa muddatli qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertadan sovuq antitsiklon asta-sekin chekinib, Qozog‘istonning shimoliy-sharqiy qismiga harakatlanadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tog‘li hududlarning ba'zi joylarida qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tarilib 5-10 daraja iliqni tashkil etadi, kechasi 0-5 daraja sovuq havo saqlanib turadi.
Chorshanba kunidan boshlab haftaning oxiriga qadar O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi va bu me'yordan 3-5 daraja yuqori.
Hafta davomida Respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi sababli kechasi va ertalab ko‘rinish pasayishi mumkin.
Mavzuga oid
13:47 / 30.12.2025
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025