Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya 2027 yilgacha 6ta suv osti kemasini quradi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya shimoli-g‘arbidagi Galjuk harbiy kemasozlik verfida birinchi turk suv osti kemasi Piri Reis’ni suvga tushirish marosimida qatnashib, Turkiya 2027 yilgacha oltita suv osti kemasini suvga tushirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
“2022 yildan boshlab Turkiya harbiy-dengiz kuchlariga har yili bittadan suv osti kemasi topshiriladi. Hammasi bo‘lib oltita suv osti kemasi quriladi. Ularning oxirgisi 2027 yildan kechikmay Turkiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligiga topshirilishi rejalashtirilgan”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Anadolu agentligining xabar berishicha, Piri Reis kemasining massasi 1850 tonnani, uzunligi 68,3 metrni, eni 6,3 metrni tashkil qiladi. Kema jamoasi 40 kishidan iborat.
Ikkinchi suv osti kemasi – Hızır Reis texnik jihozlanish bosqichida bo‘lib, taxminan 2022 yilda suvga tushiriladi.
Ushbu suv osti kemalari zamonaviy torpedo majmualari bilan qurollangan bo‘lib, ular dushmanning quruqlikdagi qo‘zg‘almas obektlarini yo‘q qilishi, mina to‘siqlar qo‘yishi va raketa zarbalari berishi mumkin.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026