Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekning sobiq meri 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Albek Ibraimov
Bishkek tuman sudida Bishkekning sobiq merlari Albek Ibraimov va Kubanichbek Kulmatovga nisbatan ochilgan jinoiy ishlar bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Sud hukmiga ko‘ra, Ibraimov 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, Kulmatov sud zalidan ozod qilinib, 5 mln somlik jarimaga tortilgan.
Shuningdek, Ibraimov va uning rafiqasiga tegishli mol-mulk, aksiyalar, pul mablag‘lari musodara qilingan.
Albek Ibraimov bir nechta jinoiy ish: “Solnechniy bereg” pansionatini past narxda sotish, “TNK Dastan” tomonidan oshirib yuborilgan narxda maxsus buyumlar sotib olish, shahar tasarrufidagi yer maydonlarini taqdim qilishda korrupsiya hamda Kulmatov ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida o‘tgan.
Kulmatov esa “Kalis-Ordo” turarjoy massivida 2 mln dollarlik maktab qurilishidagi korrupsiya holati bo‘yicha ayblangan. Ushbu ish bo‘yicha faqat Ibraimov qamoq jazosiga tortilgan, qolgan ayblanuvchilarga turli miqdorda jarimalar solinib, sud zalidan ozod qilinganlar.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
10:20 / 13.11.2025
“Energoatom”dagi korrupsiya mojarosi - Kiyev uchun sinov
08:33 / 13.11.2025
Ukrainada korrupsiya mojarosi: “Energoatom”da iste’folar
22:26 / 11.10.2025