Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 5 fevralida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne'matov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Fevral oyi boshida. Bu protokolga bog‘liq, qolaversa Yangi yil. Ammo hozircha 5 fevral deyishmoqda. 5 fevralga tayyorlanyapmiz: Rossiya tomoni ham, O‘zbekiston tomoni ham. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda», degan diplomat.
U davlatlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi bemisl darajada o‘sib borayotgani, ikki davlat prezidentining siyosiy muloqoti mustahkamlanishda davom etayotganini qayd etib o‘tgan.
Nematovning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyeyov Rossiya prezidentida 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun ham taklif olgan.
«Vladimir Vladimirovich Putindan taklifnoma borligini bilaman. O‘sha yerda hamma yig‘iladi. O‘ylashimcha, O‘zbekiston prezidenti ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, ushbu taklif qabul qilingan», degan vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026