Jamiyat | 08:12 / 26.12.2019
5942
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 10 yanvarga qadar qo‘shimcha avtoturargohlar tashkil etildi

Foto: RIA Novosti

Poytaxtda 2020 yilning 10 yanvariga qadar aholi qulayligi uchun avtomobillarga qo‘shimcha turar joylari tashkil etildi. 

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, yo‘llarning ayrim qismlarida harakat cheklanmaydi va ulardan avtoturargoh sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi:

Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Buxoro ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha hamda Zarafshon ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida;

Matbuotchilar ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismida;

Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi bir tomoni;

Olmazor ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Yunus Rajabiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Buyuk Turon ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (ko‘chaning ushbu qismi yopilmaydi);

Istiqlol ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Istiqbol ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida. 

Shuningdek, tadbirlar o‘tkaziladigan hududlardagi bir nechta avtoturargohlar haqida eslatib o‘tilgan:

1. 50-sonli maktab ro‘parasida
2. “Oloy” bozorining yonida
3. “Xalqlar do‘stligi” saroyi yonidagi ikkita avtoturargoh
4. “Humo Arena” muz saroyi yonidagi avtoturargoh.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid