Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik harbiylarga TikTok dasturidan foydalanish taqiqlandi - OAV
Foto: Dado Ruvic / Reuters
AQSh armiyasi o‘z harbiy xizmatchilariga TikTok dasturidan foydalanishni taqiqladi. AQSh mutasaddi idoralari dasturni foydalanuvchilar ma'lumotlarini o‘g‘irlashda gumon qilmoqda. Bu haqda Military.com portali xabar berdi.
“TikTok dasturi xavfsizlikka tahdid hisoblanadi. Biz uni xizmat telefonlarida qo‘llashga ruxsat bermaymiz”, deb aytgan AQSh qurolli kuchlari vakili Robin Ochoa. Ushbu qaror AQSh mudofaa vazirligining ushbu ijtimoiy tarmoq xavfli ekani haqidagi ogohlantirishidan keyin qabul qilingan. Ochoaning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar ushbu dasturdan shaxsiy mobil qurilmalarda foydalanishlari mumkin, biroq bu holatda ham armiya ma'lumotlar sizib chiqmasligi uchun ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qiladi.
TikTok Xitoyda ishlab chiqilgan ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda foydalanuvchilar qisqa ko‘ngilochar videoroliklar yaratishlari va ularni tomosha qilishlari mumkin. CNN telekanalining xabar berishicha, AQSh Xitoy hukumati TikTok’ni Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilishga majburlashi mumkinligidan gumon qilmoqda. Ijtimoiy tarmoq rahbariyati esa bu ayblovlarga e'tiroz bildirib, amerikalik foydalanuvchilar ma'lumotlari AQShda saqlanishi va ularni oshkor qilish Xitoy qonunchiligi tomonidan nazorat qilinmasligini ta'kidlab keladi.
Avvalroq TikTok AQShga 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar haqida ma'lumotlar to‘plash ishi bo‘yicha 5,7 mln dollar jarima to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026