Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori» instituti joriy etiladi
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjatga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 1 iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutining asosiy vazifalari etib belgilandi:
mulkchilik shaklidan qat'i nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash;
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarga tashrif buyurish, telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta yoki mobil ilovalar orqali murojaat qilish, shuningdek, boshqa masofaviy usullar orqali ma'lumot to‘plash va monitoring olib borish;
ma'lumot to‘plash va monitoring qilishga tegishli vakolatli organlar xodimlarini ham, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa shaxslarni (“sirli xaridorlar”) ham jalb etish;
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va (yoki) xodimlarini huquqbuzarliklar sodir etish hamda vakolatlarini suiiste'mol qilishga undovchi usullardan foydalanishini taqiqlash;
qonunchilik talablarini birinchi marta buzgan tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar, shuningdek, ularning rahbarlari va (yoki) xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llamasdan, tushuntirish ishlarini olib borish, har tomonlama yordam ko‘rsatish;
“farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish.
Mavzuga oid
11:14 / 21.03.2026
Farmatsevtik inspeksiya xizmatlari uchun to‘lovlar tartibi belgilanadi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026