Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon-Toshkent» poyezdi elektr ta'minotidagi uzilish sabab to‘xtab qoldi
2020 yil 2 yanvar kuni soat 16:15da Andijon - Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 59-sonli yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qoldi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, bunga tashqi elektr tarmog‘ida energiya bo‘lmay qolganligi sabab bo‘lgan. Poyezd Asaka stansiyasi yaqinida to‘xtab qolgan.
Xabarda aytilishicha, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida soat 17:25da mazkur poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi.
Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma'muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026