Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada nosoz attraksion bir ayol o‘limiga sabab bo‘ldi
Farg‘onadagi Al-Farg‘oniy nomidagi bog‘da 2 yanvarda Booster max attraksionida baxsiz hodisa yuz berdi.
Attraksionning ishlashi vaqtida uning ba'zi boltlari buralib ketishi oqibatida mahkamlash detallaridan biri chiqib ketgan. Detal attraksionda uchayotgan, Toshloq tumanida yashovchi 32 yoshli Nargiza Yu. ismli ayolning boshiga urilishi oqibatida u tan jarohati olgan.
Ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuraturada ma'lum qilindi.
O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga ko‘ra, ayol baxsiz hodisa vaqtida boshidan o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat olgan.
Ushbu hodisa yuzasidan Farg‘ona prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda. Ta'kidlanishicha, attraksion bog‘da 2019 yil dekabrda o‘rnatilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026