Jahon | 14:22 / 03.01.2020
2923
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi toshqin qurbonlari soni 40 nafardan oshdi

Foto: AP

Indoneziyada davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar va ijtimoiy ta'minot agentligiga tayanib, The Jakarta Post xabar berdi.

Qurbonlardan 17 nafari bevosita toshqinda, 12 kishi yer ko‘chkilari orqibatida halok bo‘lgan. 5 kishi elektr tokidan, 3 kishi sovuqqotishdan (gipotermiya) vafot etgani ma'lum qilingan. Ular asosan Jakarta va unga yondosh hududlar aholisidir.

Foto: Antara Foto / Muhammad Iqbal / via Reuters

Payshanba tongidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Indoneziyaning 15ta hududiy birligida 409840 nafar kishi evakuatsiya qilinib, xavfsiz hududga o‘tkazilgan.

Avvalroq, yuzga yaqin tumanda tinimsiz ravishda kuchli yomg‘ir yoqqani, ko‘plab daryolar o‘zanidan chiqib ketgani xabar qilingan edi.

Ma'lumot uchun, bu kabi tabiiy ofatlar Indoneziyada avval ham kuzatilgan, jumladan, 2018 yilning sentyabrida Sulavesi orolida kuchli sunami va 7,5 ballik zilzila tufayli 800dan ziyod kishi vafot etgandi.

Indoneziya subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan orollardan tarkib topgan. Subekvatorial mintaqada joylashgan orollarda asosan ikki mavsum bo‘ladi: quruq va yomg‘irli. Yomg‘irli mavsum noyabr-fevral oralig‘ida davom etadi va suv toshqinlari sodir bo‘lish ehtimoli aynan shu davrda ortib ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid