Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
2020 yil 1 yanvar kuni soat 08:00larda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidan o‘tgan M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1425-km.da, noma'lum haydovchi noma'lum transport vositasi bilan piyoda, Angor tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan D.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada piyoda D.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Qiziriq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.B. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumi avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilida, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay hodisa joyidan ketib qolgan.
“Hurmatli haydovchilar, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirish, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natish, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borish haydovchining majburiyatlariga kirishini unutmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
08:08 / 10.12.2025
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi
15:40 / 07.12.2025
Qozog‘istonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
13:14 / 06.12.2025