O‘zbekiston | 16:17 / 04.01.2020
19758
3 daqiqa o‘qiladi

Bozorlar ustav kapitalidagi davlat ulushi qisqartiriladi - Prezident qarori loyihasi

Foto: Ilya Buyanovskiy

Bozor va savdo komplekslari faoliyatini yanada takomillashtirish va ulardagi davlat ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uchun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni qisqartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) ommaviy savdolar orqali sotiladigan bozor va savdo komplekslari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (A.Aripov) (Davlat tender komissiyasi) sotiladigan bozor va savdo komplekslaridagi davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni baholash va savdoga qo‘yish grafiklarini tasdiqlaydi.

Shunday tartib belgilanadiki, unga ko‘ra:

bozor va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi;

yerdan foydalanish huquqi hisobiga bozor va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushini shakllantirish amaliyoti bekor qilinadi;

bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat ulushlari, aksiyadorlik jamiyatlarida bitta aksiya – bitta lot, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda 0,1 foiz – bitta lot asosida ochiq savdolarga chiqariladi;

bozor va savdo komplekslari 2020 yil 1 iyulidan boshlab Soliq kodeksida nazarda tutilgan umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi sifatida e'tirof etiladi.

Istisno tariqasida:

bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (ulushlari) sotishdan tushgan mablag‘ning 73 foizi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladi, qolgan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi;

salohiyatli investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning takliflari asosida Davlat tender komissiyasiga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (ulushlari)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi.

Belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotish uchun taklif qilinadigan bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (ulushlari) ro‘yxati:

Hujjatning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid