Jahon | 14:30 / 05.01.2020
5510
1 daqiqa o‘qiladi

Kambojada qurilayotgan bino qulashi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS / Stringer

Kamobjaning Kep shahrida qurilayotgan bino qulashi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Khmer Times gazetasi.

Xabarda aytilishicha, bino juma kuni qulab tushgan, ammo halok bo‘lganlarning aniq soni uch kunlik qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlanganidan so‘ng ma'lum bo‘lgan.

Qutqaruvchilar operatsiya davomida yetti qavatli bino vayronalari ostidan tirik qolgan 23 kishini va 36 nafar halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqishgan. 

Gazetaning xabar berishicha, qurilayotgan bino egalari hibsga olingan bo‘lib, dastlabki tergovda aniqlanishicha, bino qurilishida sifati past qurilish materiallari ishlatilgan.

Kamboja bosh vaziri Xun Sen halok bo‘lganlarning oilalariga 52 ming dollardan va jarohatlanganlarga 10 ming dollardan kompensatsiya to‘lanishini ma'lum qildi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid