Jahon | 08:45 / 06.01.2020
7005
1 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyadagi prezident saylovlarida sobiq bosh vazir g‘olib bo‘ldi

Foto: Marko Đurica/Reuters

Xorvatiyada prezident saylovlarining 5 yanvarda o‘tgan 2-bosqichi natijalariga ko‘ra mamlakatda keyingi 5 yil prezident lavozimini muxolif Sotsial-demokratik partiya nomzodi, sobiq bosh vazir Zoran Milanovich egallaydigan bo‘ldi.

Xorvatiya davlat saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Milanovichga 52,7 foiz, uning raqibi - amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovichga esa 47,3 foiz ovoz berilgan. 1-bosqichda ham amaldagi prezident g‘olibdan kamroq ovoz to‘plagandi. 

“Men mamnunman, g‘alaba og‘ir, biroq chin bo‘ldi”, deb aytgan Milanovich.

Uning ta'kidlashicha, u “zamonaviy, taraqqiy etuvchi va ochiq Xorvatiya prezidenti” va “mamlakati, xalqi va fuqarolarining oliy himoyachisi” bo‘lishni istaydi. 

53 yoshli Zoran Milanovich Xorvatiya bosh vaziri lavozimini 2011 yil dekabrdan 2016 yil yanvargacha egallagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid