Jamiyat | 16:20 / 10.01.2020
12388
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zavtosanoat Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumiga taklif etadi

Foto: O‘zavtosanoat

2020 yil 23 yanvarda «O‘zavtosanoat» AJ jihozlar, butlovchi detallar, xomashyo va materiallar ishlab chiqaruvchilar ishtirokida Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumini tashkil etadi. Forumning asosiy maqsadi – ham avtosanoatda, ham boshqa tarmoqlarda importni qisqartirish, mahalliy xomashyo va asos materiallarni qo‘llashni o‘zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliylashuvi darajasini oshirish, shuningdek tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.

UzAuto Market innovatsion maydoncha hududida o‘tadigan tadbir formati ochiq suhbat, muhokama ko‘rinishida potensial sheriklarning o‘zaro muloqotini, shuningdek mahalliylashtirish loyihalari hamda O‘zavtosanoat korxonalari bilan ehtimoliy kooperatsiya imkoniyatlari namoyishini nazarda tutadi.

Tarmoqlararo kooperatsion forum davomida UzAuto Market hududida ko‘rgazma paviloni ishlaydi, u yerda O‘zavtosanoat va boshqa kompaniyalar tomonidan O‘zbekiston avtobozoriga import qilinadigan butlovchi detallar, xomashyo va materiallar taqdim etiladi. Ushbu mahsulot O‘zbekiston hududida, jumladan mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatlari bazasida ishlab chiqarish uchun hajm va ehtimoliy yo‘nalishlar namoyishi maqsadida taqdim etiladi.

Forumda barcha manfaatdor shaxslar, tadbirkorlar va O‘zavtosanoat korxonalari bilan hamkorlik istagida bo‘lganlar qatnashishlari mumkin.

Forumda qatnashish uchun maxsus shaklni to‘ldirish yoki @UzAutoPRbot telegram-boti yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid