Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqni pullaridan mahrum qilish bilan qo‘rqitmoqda - OAV
Foto: REUTERS
AQSh Iroqqa Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida joylashgan hisobraqamiga kirishdan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu hisobraqamda neft sotishdan tushgan pullar saqlanadi, deb xabar berdi The Wall Street Journal nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh davlat departamenti amerikalik harbiylar Iroqdan chiqarilib yuborilsa, Bag‘dodni ushbu hisobraqamga kirishdan mahrum etishdan ogohlantirgan.
Bu haqidagi tegishli ogohlantirishni Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy 8 yanvarda olgan.
Ta'kidlanishicha, AQShning bunday qadami Iroq iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Hisobraqamda qancha pul saqlanishi ma'lum qilinmagan.
Bu orada AQSh hukumati va bank vakillari bu axborotga izoh berishmagan.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, AQShda Iroqning 35 mlrd dollari saqlanadi.
5 yanvarda Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylar chiqarib yuborilishi uchun ovoz bergan. Bunga javoban Tramp Bag‘dodga “mislsiz sanksiyalar” bilan tahdid qilgan va AQSh Iroqda qurgan aviabaza uchun pul to‘lanmaguncha, amerikalik harbiylar u yerni tark etmasligini aytgan.
Mavzuga oid
09:40
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026