Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik yigit ijtimoiy tarmoqlardagi posti uchun 5,5 yilga qamaldi
Joriy yilning 10 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi harbiy sudi 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shermuhammad Shamsiddinovni ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallar joylashtirgani uchun 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil iyuldan 2018 yil iyuniga qadar Shermuhammad Shamsiddinov o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida «terroristik tashkilotlar faoliyatini oqlash, zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, terrorchilik harakatlari zarurligini asoslash, shuningdek, terrorchilik tashkilotlariga qo‘shilishga chaqiriqlar» bo‘lgan audio va videofayllarni joylashtirgan.
Sud uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 205.2-moddasi 2-qismi («Terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga chaqirish, terrorizmni oqlash va «Internet» axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda terrorizmni targ‘ib qilish»)da aybdor deb topdi. O‘zbekistonlik yigit jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilandi, unga uch yil davomida saytlarni yaratish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlandi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026