Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng serdaromad futbol klublari ma'lum qilindi
Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi talqiniga ko‘ra, Kataloniyaning «Barselona»si Yevropaning eng serdaromad klublari reytingida yetakchi bo‘ldi.
2018/19 yilgi mavsumda Ispaniining amaldagi chempioni 840,8 mln yevro daromad ko‘rdi. Bu Yevropa klublari uchun rekord hisoblanadi, shu paytgacha ushbu qit'aning hech bir klubi 800 mln yevrolik marrani qayd etmagandi.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa «Barselona»ning asosiy raqibi bo‘lmish Madridning «Real» klubi joylashdi. Madrid jamoasi 757,3 mln yevro ishlagan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinda 711,5 mln yevro daromad topgan «Manchester Yunayted» klubi joylashdi.
Yevropaning eng boy klublari o‘tgan mavsumda jami 9,3 mlrd yevro topgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 11 foizga ko‘p (8,3 mlrd yevro).
Mavzuga oid
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
20:33 / 04.06.2026