Sport | 13:58 / 14.01.2020
13531
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi ligasi jamoasiga o‘tdi. U endi Shatskix bilan ishlaydi

Foto: premierliga.ru

Qozonning «Rubin» klubini tark etgan Vitaliy Denisov o‘ziga yangi jamoa topdi, deya xabar bermoqda matchtv.ru.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod himoyachi Rossiyaning birinchi ligasi sanalmish FNL ishtirokchisi Volgagradning «Rotor» klubi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. 32 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi FNLda peshqadamlik qilayotgan «Rotor» bilan Turkiyada yig‘in o‘tkazish uchun jo‘nab ketgan.

Ma'lumot uchun, Vitaliy Denisov ushbu mavsumda «Rubin» safida 8 o‘yinda maydonga tushgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premer-ligasiga chiqish uchun kurash olib borayotgan «Rotor» jamoasini hozirda Aleksandr Xatskevich boshqarayotgan bo‘lsa, hamyurtimiz Maksim Shatskix murabbiylar shtabida unga yordam bermoqda.

Mavzuga oid