Davlat boji stavkalari miqdorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Prezident tomonidan «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonun imzolangani xabar berilgandi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lov ekanligi belgilandi. Konsullik yig‘imi va patent boji ham davlat boji hisoblanadi.
Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.
Qonunda davlat boji undiriladigan obektlar va davlat boji stavkalari miqdorlari belgilandi.
Quyidagilar bo‘yicha stavkalar pasaytirildi:
1) mol-mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun:
er (xotin), ularning ota-onalari, bolalari va ularning er-xotinlari, nabiralari, buvilari, bobolari, aka-uka va opa-singillariga – BHMning 50 foizidan BHMning 25 foizigacha;
jismoniy shaxslar uchun – 1 BHMdan BHMning 50 foizigacha;
yuridik shaxslar uchun yoki bir taraf yuridik shaxs bo‘lganda – 2 BHMdan 1 BHMgacha;
2) adliya organlari ro‘yxatdan o‘tkazganligi uchun:
respublika, viloyatlararo NNT – 4 BHMdan 3 BHMgacha;
viloyat hududida faoliyat yuritadigan NNT – 2 BHMdan 1 BHMgacha;
tuman, shahar, posyolka, qishloq va ovul hududida faoliyat yuritadigan NNT – 2 BHMdan BHMning 50 foizigacha;
3) konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun stavkalar ushbu sub'yektlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashga o‘tganligi munosabati bilan 4 baravarga pasaytirildi.
Davlat bojining yangi turlari joriy etildi:
chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish borasida – 2 BHM;
to‘lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun – 5 BHM;
to‘lov tizimi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun – 5 BHM.
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan jismoniy va yuridik shaxslarning to‘liq ro‘yxati tasdiqlandi. Xususan, ular ish haqi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan fuqarolik sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladilar.
Davlat bojining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirilishi va Davlat budjetiga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024