Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron tijoratda ham iste'molchilar huquqlari himoya qilinadigan bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni quyidagi tahrirdagi 24-1-modda bilan to‘ldiriladi:
“24-1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan iste'molchilar huquqlarining himoya qilinishi
Iste'molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste'molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik nazorati va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalarga uslubiy-amaliy ko‘maklashishini ta'minlaydilar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlarida:
aholining huquqiy va iste'mol madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradilar;
iste'molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadilar;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini va aholining faolligini oshiradilar;
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste'molchilarning jamoat birlashmalariga iste'molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadilar.”.
Shuningdek, quyidagi tahrirdagi 28-1-modda bilan to‘ldiriladi:
“28-1-modda. Elektron tijoratda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini amalga oshirishda sotuvchi (ish, xizmat ko‘rsatuvchi) iste'molchiga quyidagilar to‘g‘risida ma'lumotni taqdim etishi shart:
sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili hamda shikoyatlarni qabul qilish tartibi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning to‘liq nomi, joylashgan yuridik manzili, import qilingan tovarlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va import qiluvchining nomi, yuridik manzillari;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste'mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari;
tovar (ish, xizmat) narxi, yetkazib berish narxi va to‘lov shartlari;
kafillik majburiyatlari, mahsulotni saqlash va ta'mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatlar;
yetkazib berish va shartnomani bajarishning boshqa shartlari;
agar mahsulot yoki xizmatlarni davriy yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa shartnomaning minimal amal qilish davri;
takliflarni qabul qilish davri;
shartnomani bekor qilish tartibi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) iste'molchiga mahsulot qaytariladigan joy to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Mahsulotni qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchi (ijrochi) zimmasiga yuklanadi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bekor qilinganda iste'molchining mahsulotni o‘zida saqlash majburiyati mahsulot olingan kundan 60 kun o‘tgach yakunlangan hisoblanadi. Agar sotuvchi ushbu davr mobaynida mahsulotni qaytarish choralarini amalga oshirmasa, bunday mahsulot iste'molchi ixtiyoriga majburiyatsiz o‘tgan hisoblanadi.
Mahsulotni iste'molchining aybi bilan bo‘lmagan shikastlanishi, buzilishi hamda mahsulotni ko‘rish, tekshirish uchun qadog‘ini ochilishi hisobiga qiymatini tushishi iste'molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar belgilangan muddatlarda sotuvchi shartnoma bekor qilingandan so‘ng to‘langan summani qaytarmasa, iste'molchiga qaytarishning har bir kechiktirilgan kuni uchun mahsulot qiymatining bir foizi miqdorida jarima to‘lashga majbur.”.
Quyidagi tahrirdagi 29-1-modda bilan to‘ldiriladi:
“29-1-modda. Iste'molchilarning huquqlari buzilishi bilan bog‘liq nizolarni sudga qadar va suddan tashqari hal qilish
Nizolarni sudga qadar hal etish tartibi – bu shunday tartibki, unda tomonlar yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni hal etish uchun qonunda ko‘rsatilgan vositalardan foydalanishga majburlar va faqatgina ushbu nizolarda kelishuvga erishilmagan holda ular sudga murojaat qilishga haqlidir. Tegishli vositalardan foydalanishning majburligi – nizolarni sudgacha hal etishning o‘ziga xos jihati bo‘lib hisoblanadi.
Nizolarni suddan tashqari hal etish tartibi – nizolarni sudda hal etish usullari o‘rniga qo‘llaniladigan usullar tartibidir. Ularga muzokaralar, vositachilik (mediatsiya jarayoni), kelishuv jarayoni, arbitraj va boshqalar kiradi. Nizolarni hal etishning suddan tashqari usullaridan foydalanish tomonlarni sudga murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. Nizolarni hal etishning suddan tashqari usullarining o‘ziga xos tomoni bo‘lib ularning faqatgina tomonlar kelishuviga ko‘ra qo‘llanishi hisoblanadi.
Muzokaralar tomonlar o‘rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Tomonlar uchinchi shaxsning ishtirokisiz bevosita nizoli muammoni hal qilishlari va kelishuv bitimini tuzishlari mumkin.
Muzokaralar turli – yozma, og‘zaki, aralash shakllarda amalga oshirilishi mumkin.”.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
09:00 / 05.04.2026
Naqdga bitmas bitimlar va soliqdan norozi san’atkorlar - hafta dayjesti
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026