Sergey Lavrov Toshkentga keldi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov 15 yanvar kuni O‘zbekistonga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 05.09.2024
Lavrov «qizil chiziqlar bo‘yicha hazillashmaslik kerakligi»ni aytdi
19:09 / 02.09.2024
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikkinchi sammitga tayyorlanmoqda
09:15 / 16.05.2024
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
18:55 / 02.03.2024