Sport | 23:18 / 20.01.2020
6408
2 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich faoliyatidagi 900-g‘alabani qo‘lga kiritdi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliyada boshlangan Australian Open musobaqasining 1-davrasi uchrashuvida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba ikkinchi raqamli tennischining faoliyatidagi 900-g‘alaba bo‘ldi va uni germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritdi.

Endi serbiyalik tennischining hisobida 900 ta g‘alaba va 187 ta mag‘lubiyat bor bo‘lib, g‘alaba qozongan uchrashuvlari barcha uchrashuvlarining 82,8 foizini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Rafael Nadal oldinda bo‘lib, uning g‘alabali uchrashuvlari foizi 83,1 ni tashkil qiladi.

Jokovichdan tashqari, 900 tadan ko‘proq g‘alabalit uchrashuvga faqatgina 5 nafar tennischi muvaffaq bo‘lgan. Bular: argentinalik Gilermo Vilas (949 g‘alaba), Rafael Nadal (981), chexoslaviyalik Ivan Lendl (1068), shveysariyalik Rojyer Federer (1238) va amerikalik Jimmi Konnors (1274).

Umuman olganda, Jokovich faoliyati davomida 77 ta unvonni, jumladan “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi 16 ta musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid