Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yangi konsepsiya va komissiya tuzishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini ishlab chiqish taklifi bilan chiqdi.
«Xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar tahlili ham saylov komissiyasi a'zolari va saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Ana shunday taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman.
Shuningdek, xorijiy kuzatuvchilar tomonidan bayon etilgan saylovni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga doir tavsiya bo‘yicha parlament o‘z munosabatini bildirishi lozim», – dedi davlat rahbari 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ma'ruzasida.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlamentga saylovlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha komissiya tuzib, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni tavsiya etdi.
«Mazkur komissiya xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilarning taklif va tavsiyalarini chuqur o‘rganib, milliy qonunchiligimiz hamda saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni ishlab chiqishi lozim.
Vazirlar Mahkamasi va Markaziy saylov komissiyasiga saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimining samarali ishlashi uchun zarur choralarni ko‘rish topshiriladi», – dedi prezident.
Mavzuga oid
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
08:04 / 15.12.2025